Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Facebook’dagi sahifasi bloklab qo‘yilishini “mayda ovoragarchilik” deb atadi. Bu haqda u Twitter’da yozdi.
“Facebook akkauntim ‘AQSh tomonidan taqiqlangan shaxslar” ro‘yxati tufayli yopilganini ma’lum qildi. AQShning bunday mayda ovoragarchiligiga xotirjam qarayman. Ammo savolim Facebook’ga va moliya vazirligiga. Sizning maqtalgan demokratiyangiz va fuqarolarning axborot olish huquqi qayerda qoldi? Yoki 4 million obunachining fikri hech qanday ahamiyatga ega emasmi?” — deb yozdi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Amerikaning Facebook kompaniyasi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning akkaunti bloklanishini uning AQSh sanksiyaviy ro‘yxatiga kiritilgani bilan izohladi.
Izoh (0)