Germaniya huquq-tartibot idoralari joriy yili rekord darajadagi — 7 tonna kokainni musodara qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan uch barobar ko‘p.
Narkotiklarning asosiy qismi Gamburg va Bremerxafen portlarida aniqlangani bildirilmoqda.
Politsiya Germaniyaga kokain yetkazib berilishi ko‘payishiga Janubiy Amerikada narkotiklar ishlab chiqish hajmi oshgani sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)