• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qaynotam menga sevgi izhor qildi”. O‘z nomini oqlash uchun televideniyega chiqqan kelin hikoyasi (video)

    “O‘zbekiston” telekanalining “Uchburchak” tok-shousining so‘nggi — 23-dekabrda efirga uzatilgan soni ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlar, qizg‘in va murosasiz muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘rsatuvning bosh qahramoni — Muxlisa ismli ayol.

    Muxlisa qaynotasi unga sevgi izhor qilgani, shu sabab oilasi buzilib ketayotganidan shikoyat qilgan. Ko‘rsatuvda ayolning kelinlik va qizlik mahallasidan faollar, u istiqomat qiladigan tumanning psixologi ham qatnashgan va bu masala yuzasidan ularning ham fikri olingan. Muxlisadan tashqari, uning erining ismi Qahramon ekani ma’lum, boshqa tafsilotlar — nafaqat qarindoshlarning, balki taklif qilingan faollarning ham ism-familiyasi, qayerdan ekanligi ko‘rsatuvda aytilmagan.

    Mavzuga doir:— “Erim ichib kelib, qizimni yalang‘och vannaga tushishga majbur qiladi”. Farzandi tirik yetim bo‘lishiga rozi mirobodlik ayol hikoyasi;— “Erimni ovsinim bilan tutib olganman”. “O‘zbekiston” telekanali xiyonatga uchragan ayollarning so‘zlarini efirga olib chiqdi

    Muxlisaning hikoyasi

    18 yoshimda sovchilar orqali turmushga chiqqanman. Kelin bo‘lib tushganimga to‘rt yil bo‘lgan. Uch yoshli farzandim bor. Qaynota, qaynonam, xo‘jayinim bilan uch yil baxtli yashadim.

    Kadr: “O‘zbekiston” telekanli / “Uchburchak” ko‘rsatuvi

    64 yoshli qaynotam avvaliga xonamizni poylayotganini sezib qoldim. Erimga aytsam, ishonmadi. So‘ng bir kun xonamiz chirog‘ini o‘chirib, kutdim — qaynotam derazamiz tagiga kelganida, erimni uyg‘otib ko‘rsatdim. Erim bu haqda qaynonamga aytishimni so‘radi. Qaynotam nafaqat xonamiz derazasi ostida, balki hammomdaligimda uning orqasidagi molxonada ham meni poylagan. Lekin buni isbotlab bera olmadim. Qaynotamning bu harakatlari haqida qaynonamga aytganimda: “Bunaqa bo‘lishi mumkin emas, dadangiz qarilar-ku”, degan edilar.

    Bir kun hovlida bir o‘zim qolib ketganimda (erim hasharga ketgan, qaynonam ko‘chaga chiqib ketgan edi), qaynotam xonasidan chiqib, meni chaqirdi. “Ha, nima?”, desam, “Buyoqqa kel, qo‘lingdan bir o‘pay”, dedi. Uydan qochib chiqib, ovsinimning qizini chaqirib keldim. Ertasi kuni uyda ko‘pchilik bor edi, oshxonada ovqat qilayotganimda qaynotam oldimga kelib: “Men seni sevib qoldim”, dedi; meni kiyimsiz holda ko‘rgan ekanlar, shundan keyin yaxshi ko‘rib qolgan ekanlar.

    O‘sha kuni uyda ovsinim bor edi — unga bor gapni aytib berganimdan keyin, u “yonimdan ketma” dedi, kun bo‘yi uning ortidan yurdim; ovsinim bu xonadonga kelin bo‘lib tushganiga 10 yilcha bo‘lgan, u bilan hech qachon bunday hodisa yuz bermagan ekan.

    Meni qizlik uyimga faqat qaynotam mashina olib borib, olib qaytardi. Mashinada ham har xil gaplarni gapirardilar, ortiq ular bilan bormayman deb erimga aytganimda, seni faqat dadam olib boradilar, deb aytganlar. Qaynotam oyoqlarini ham faqat menga yuvdirardilar, yuvayotganimda yelkamdan silab qo‘yish odatlari chiqqanidan keyin bu ishni umuman qilgim kelmay qolgan. Erim bularni o‘zi ko‘rib turgan.

    Erim ham, qaynonam ham menga ishonmadi. Erim: “Dadamni jinniga chiqarding!”, deb urdi ham. Oxiri katta janjal bo‘lib ketganida erim: “Dada, bu nima qilganingiz, kelib-kelib mening xotinimga osilasizmi, ko‘chadagi bo‘lsa ham indamas edim”, dedi. Keyinroq qaynotam tan olib: “Kechir o‘g‘lim, meni shayton yo‘ldan urdi, bilmasdan shunaqa ish qilib qo‘ydim”, dedi. Bu gaplardan o‘z ota-onam xabar topganidan keyin, kelib, meni olib ketishdi.

    Kadr: “O‘zbekiston” telekanli / “Uchburchak” ko‘rsatuvi

    Hozir erim tomon ajrashish uchun sudga ariza bergan. Men oilamdan ajralishni istamayman. Erim: “Onam va otamdan uzr so‘rasang bo‘ldi, uyimiz eshigi sen uchun ochiq”, deb aytyapti. Mahalla-ko‘y ham qaynotamning hisobidan alohida, namunaviy uy olib berishni va’da qilgan. Biroq qaynotamga ishonmayman, yana shunday voqealar yuz berishidan qo‘rqaman.

    Qaynota, er, otaning fikri

    Ko‘rsatuv ijodkorlari Muxlisaning qaynotasi, eri va otasi bilan telefon orqali bog‘langan. Qaynotaning aytishicha, “sevgi izhori” haqidagi gap-so‘zlar — bo‘lmagan gap, bo‘hton. Er ham bu gaplarni “tuhmat” deb atagan. Ularning aytishicha, Muxlisa, xususan, oyog‘i og‘riydigan qaynonasiga qaramaslik va bo‘lak bo‘lib chiqish uchun shu bo‘htonni boshlagan.

    “Bolalarimni qanday ko‘rsam, seni ham shunday ko‘raman, qizimni uzatganman, qizimning o‘rnida qizsan, nabiramning o‘rnida nabiramsan, deganman”, — deydi qaynota. Uning qo‘shimcha qilishicha, Muxlisa eri bilan muntazam janjallashgan (ayolning qo‘shimcha qilishicha, qaynotasi aynan shuni — “ular janjallashaverardi” degan gapni ushlab olgan: “Derazamiz ostiga ham yana janjallashmayaptimi, deb xabar olgani kelib turganmishlar”).

    Muxlisaning otasi esa qaynotasi qiziga sevgi izhor qilganini eshitganidan so‘ng, “bu gapga chiday olmay” uni borib olib kelganini aytgan. “Hamma joyda, kim bo‘lsa ham, men javob beraman. Chunki qiz meniki, qizim uchun hamma narsaga tayyorman”, — dedi ayolning otasi.

    Mahalla faollari, tuman psixologining fikri

    Muxlisaning kelinlik mahallasi vakili qaynotaning oilasiga “salbiy xarakteristika” berolmasligini aytgan. “Juda ibratli oila, bu oilada tartib-intizom birinchi o‘rinda. Kelin-bolaning gapiga qo‘ni-qo‘shnilarning ham ishonishi qiyin”, — dedi mahalla qo‘mitasi vakili. Ayni vaqtda, u mahallaning maqsadi — oilani yarashtirish ekanini aytib, “yarashib ketadi, deb o‘ylaymiz”, deb qo‘shimcha qildi.

    Muxlisaning kelinlik (o‘ngda) va qizlik (chapda) mahallasi faollari.

    Muxlisaning kelinlik (o‘ngda) va qizlik (chapda) mahallasi faollari.
    Kadr: “O‘zbekiston” telekanli / “Uchburchak” ko‘rsatuvi

    Muxlisaning qizlik mahallasi ayolga ham, uning ota-onasi oilasini ham “yaxshi” deb atadi. “Qaynota bilan bog‘liq holatni hech kim ko‘rmagandek, biz uchun ham. Lekin er-xotinning yarashib, oilaning yashab ketishi uchun uchqun bor”, — dedi mahalla vakili. “Muxlisa tuhmat qilmayaptimi?”, — degan savolga mahalla vakili: “Qizimiz — yaxshi qiz”, deb javob berdi.

    Tuman psixologi.

    Tuman psixologi.
    Kadr: “O‘zbekiston” telekanli / “Uchburchak” ko‘rsatuvi

    Tuman psixologining aytishicha, Muxlisaning qaynotasi uyida ota, qizlik uyida esa ona hukmron, uning o‘zi ham onasi bilan juda ko‘p muloqotda bo‘ladi. U 65 yoshga to‘layotgan keksa kishining xatti-harakatlarida Muxlisa shilqimlik sifatida qabul qilishi mumkin bo‘lgan jihatlarini sezmaganini aytdi. U bu gapni “neytral bo‘lib aytayotgani”ni alohida ta’kidlagan. “Lekin bu qiz aldayapti, degan xulosa chiqarish ham qiyin”, — dedi tuman psixologi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Muxlisaning to‘rt yillik turmushi davomida u va eri o‘rtasida muntazam janjal bo‘lgan.

    Muxlisaning holatiga fikr bildirgan ko‘rsatuv mehmonlaridan biri.

    Muxlisaning holatiga fikr bildirgan ko‘rsatuv mehmonlaridan biri.
    Kadr: “O‘zbekiston” telekanli / “Uchburchak” ko‘rsatuvi

    Ko‘rsatuv davomida so‘z olgan tomoshabinlardan biri Muxlisaning so‘zlarini shubha ostiga olib, quyidagicha fikr bildirdi: “Nega ikki katta kelinga bo‘lmagan bunday munosabat bu kelinga bo‘ldi? Nima, ular bu qiz kabi hurliqo emasmi? Ayol har qanday erkakka qattiqroq gapirib, uni o‘zidan nari qilish mumkin. Bir nima bo‘lganki, bu qiz qaynotasini o‘ziga jalb qilib qo‘ygan. Qaynota o‘zidan o‘zi kelib sevgi izhor qilmaydi, ‘kel, qo‘lingdan bir o‘pay’, demaydi. Balki qaynota molxonaga o‘zicha kirgandir — bu kelin ham hammomga parda tortib qo‘ysin edi. Bu qiz aytayotgan voqea bo‘lmagani uchun, bu kabi gap-so‘zlarga oriyati yo‘l qo‘ymagani uchun ham bugungi ko‘rsatuvda na qaynota, na qaynona va na er bor”.

    27.12.2017, 15:37   Izoh (0)   264255
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo viloyatida yangi ekoturistik yo‘nalish ochiladi

    27.12.2017, 15:11

    O‘zbekiston mablag‘i hisobidan Qirg‘izistonda umumta’lim maktabi qurish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

    27.12.2017, 14:39

    2019-yildan yengil avtomobillar faqatgina tadbirkorlar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi

    27.12.2017, 14:14

    O‘zbekistonlik 25 yoshli qiz ilk marta “Koinot go‘zali” xalqaro tanlovida ishtirok etadi

    27.12.2017, 14:01

    2018-yilda 10 000 nafar o‘zbekistonlik umra ziyoratini ado etadi

    27.12.2017, 13:29

    Peng Sheng qo‘shma korxonasi 40 mln dollarlik 7 ta yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

    27.12.2017, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 09:53

    Jaziramada yoqimsiz hidlardan qutulishga yordam beradigan 7 ta layfhak

    Layfstayl | 25 iyun, 09:47

    “Eronga qarshi urush hali tugamagan” — isroillik general

    Dunyo | 25 iyun, 09:32

    Isroil hujumida 80 dan ortiq g‘azolik halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyun, 08:40

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” 3-turda yirik hisobda g‘alaba qozondi, yana bir uchrashuvda durang qayd etildi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Benfika” so‘nggi turda “Bavariya”dan ustun keldi, “Boka Xuniros” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.