2017-yilning 28-iyul kuni Bishkek shahrida imzolangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida Qirg‘izistonning O‘sh shahrida umumta’lim maktabini qurish to‘g‘risidagi bitim 2017-yil 26-dekabrda kuchga kirdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Bitimning maqsadi O‘zbekiston tomoni mablag‘i hisobidan 630 o‘rinli umumta’lim maktabini qurish va uni Qirg‘iziston tomoniga mulk sifatida beg‘araz topshirishdan iborat.
Izoh (0)