Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tumanida joylashgan Zarautsoy yo‘nalishi bo‘ylab ekoturizm yo‘lga qo‘yiladi, deb yozadi O‘zA.
Arxeolog olimlar Zarautsoydagi tog‘ qoyalariga o‘yib chizilgan rasmlarning mezolit, neolit davrlariga mansubligini aniqlagan.
“O‘tmishdagi ajdodlarimiz qizil oxra bilan ishlagan rasmlarda itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzaralari mahorat bilan chizilgan. Niqoblangan odamlar, burama shoxli echki, jayron, tulki, tog‘ echkisi kabi ko‘plab yovvoyi hayvonlar yuksak did bilan tasvirlangan”, — deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, 2017-yilda Surxondaryo viloyatiga sakkiz mingdan ortiq xorijlik, 40 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurdi.
Izoh (0)