Peng Sheng O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasi umumiy qiymati 40 million dollarlik 7 ta yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda qo‘shma korxona direktori Chjan Syudongning so‘zlariga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, korxona oyoq kiyim, charmdan ishlangan buyumlar, qulf hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqchi.
Chjan Syudongning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyaning umumiy miqdori 100 million dollardan oshib ketgan.
Izoh (0)