Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin 2018-yildagi saylovda ishtirok etish uchun hujjatlarni mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga shaxsan olib keldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, topshirilgan hujjatlar paketi tashabbuskor guruhni ro‘yxatdan o‘tkazish iltimosnomasi, nomzodini qo‘yishga rozilik haqida bayonnoma, tarjimai holni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, daromad, xarajat haqidagi va boshqa turdagi moliyaviy hujjatlardan iborat.
Oldinroq Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Putin zarur hujjatlarni shaxsan o‘zi olib borib topshirishi mumkinligini aytgan edi.
Izoh (0)