Eron shimolida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 75 kishiga yetdi. Bu haqda Alborz viloyatining favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Mexdi Mexrurga asoslanib, “Vesti Kavkaza” xabar berdi.
“Zilzila oqibatida jabrlangan 75 kishining 53 nafariga hodisa joyidayoq tibbiy yordam ko‘rsatilgan”, — deyiladi xabarda.
Mexrurning qo‘shimcha qilishicha, jarohat olganlarning 22 nafari shifoxonaga yetkazilgan.
Eron seysmologiya markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 4,2 magnitudali zilzila Tehrondan 40 kilometr g‘arbda sodir bo‘lgan. Avvalroq, jabrlangan soni 56 kishi ekanligi va bir kishi halok bo‘lganligi ma’lum qilingadi.
Izoh (0)