Afg‘oniston hukumat kuchlari o‘tgan 24 soat ichida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalarda eng kamida 86 nafar jangarini, xususan “Tolibon” radikal harakatining uch nafar yetakchisini yo‘q qildi, deb yozadi “TASS”.
Harbiy operatsiyalar Farob, Qandahor, Nangarhar, Hilmand, G‘azni kabi ko‘plab viloyatlarda o‘tkazilgan.
Xabarda qayd etilishicha, 30 dan ortiq jangarilar yaralangan, yetti nafari qo‘lga olingan.
So‘nggi vaqtda Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlarida hamda respublika shimolida ekstremistlar o‘z pozitsiyasini mustahkamlayotgani kuzatilmoqda.
Izoh (0)