Suriyada “Jabhat an-Nusra” jangarilarining yo‘q qilinishi 2018-yilda yakunlanadi. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Ayrim jangovar tuzilmalar jangovar harakatlar to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlaydi. ‘Jabhat an-Nusra’ bunga butkul qarshi. Demak, ularni yo‘q qilishga to‘g‘ri keladi. Bu guruhning eng ko‘p odami Idlib viloyatida. Ma’lum vaqtdan so‘ng ularga uzil-kesil barham beriladi”, — dedi general.
Bosh shtab boshlig‘i Rossiya Suriyada ikki harbiy baza — Latakiyadagi Xmeymim aviabazasi va Tartusda harbiy-dengiz bazasini qoldirganini bildirdi.
Izoh (0)