Saudiya Arabistonida mamlakatda shu yil noyabrida boshlangan aksilkorrupsiyaviy tekshiruvlarning 23 qatnashchisi ozodlikka chiqarildi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Ular sudgacha kelishuvga rozi bo‘lganidan so‘ng ayblovlar olib tashlandi.
Qo‘yib yuborilganlarning ismi-sharifi ko‘rsatib o‘tilmagan. Ular noyabrdan beri ar-Riyoddagi hashamatli Ritz Carlton mehmonxonasida hibsda saqlanib kelayotgandi.
Izoh (0)