Vladimir Putin prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni Markaziy saylov komissiyasiga shaxsan taqdim etishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
“Biz buni istisno etmaymiz”, — dedi Peskov, biroq bu amalga oshishi mumkin bo‘lgan sanani oshkor etmadi.
Prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishini bildirgan Putinni kamida 500 kishidan iborat tashabbuskor guruh qo‘llab-quvvatlashi lozim. 26-dekabr, seshanba kuni VDNXda mazkur guruh yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)