Hindiston huquq-tartibot idoralari Jammu va Kashmir shtatida “Jayshi Muhammad” terrorchi guruhi yetakchisi Nur Muhammad Tantrayni yo‘q qildi. Bu haqda shtat politsiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
25-dekabr, dushanba kuni xavfsizlik kuchlari Sumbura aholi punktidagi bir qator uylarni qurshovga oldi. Otishmada yil davomida turkum teraktlar, jumladan, Srinagar aeroportida chegara kuchlari lageriga hujum uyushtirgan 47 yoshli Tantray o‘ldirildi.
“Biz uchun bosh og‘rig‘iga aylangan Tantrayning yo‘q qilinishi katta muvaffaqiyat va terrorchi guruhga jiddiy zarba. Bu Kashmir janubidagi Pulvama okrugida in qurgan ayirmachilarga qarshi kurashdagi muhim bosqich. U yerda mahalliy aholi vakillaridan bo‘lgan agentlar yordamida jangarilarning yirik mintaqaviy tarmog‘i faol harakat olib boradi”, — deydi Jammu va Kashmir shtati politsiyasi bosh inspektori Munir Xon.
Izoh (0)