Donald Tramp prezidentlik muhlatining taxminan uchdan birini dam olishda o‘tkazdi. Bu haqda New York Post ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
O‘tgan yil davomida Tramp 100 bor o‘ziga qarashli yerlarga borgani bildirilmoqda. Jumladan, 40 kun Nyu-Jersida golf o‘ynadi, yana 40 kun Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘ldi.
Hozirda u Floridada 10 kun davom etadigan Rojdestvo ta’tillarini o‘tkazmoqda.
Trampning parvozlari uchun budjetdan oyiga taxminan 1,5 million dollar sarflashi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)