IShID jangarilari Suriya va Iroqdan qo‘shni davlatlarga ketmoqda. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Suriya va Iroqda hududlarni nazorat qilishni boy berish, moliyalashtirish manbalaridan mahrum bo‘lish sharoitida IShID asta-sekin Liviya, Yaman, Fillippin, Indoneziya va dunyoning boshqa davlatlariga kirib bormoqda. Ular Afg‘onistonda mavqeyini mustahkamlamoqda, u yerdan Eron, Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo va Rossiyaga o‘tishlari mumkin”, — dedi Patrushev.
Patrushevga ko‘ra, terrorchilarning yetakchilari taktikani o‘zgartirib, turli davlatlarda mustaqil harakatlanishi mumkin bo‘lgan yashirin yacheykalarni yaratmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)