Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev amaldagi davlat rahbari Vladimir Putinga 2018-yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishini tiladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Hukumat nomidan o‘ylaganlaringiz amalga oshishida muvaffaqiyatlar, prezidentlik saylovida esa g‘alaba yor bo‘lishini tilayman”, — deya Putinga murojaat qildi Medvedev hukumat yig‘ilishi davomida.
Medvedev saylovoldi davri mas’uliyatli ekanligi, shu sababli hukumat uning osoyishtalikda o‘tishi uchun zarur barcha narsani amalga oshirishini ta’kidladi.
Izoh (0)