AQSh hukumati BMTning 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan budjetiga badallarini 285 million dollarga kamaytirishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlarning BMTdagi vakili Nikki Xeyliga ko‘ra, tashkilotning “samarasiz va o‘ta katta xarajatlari” barchaga ma’lum va u “Amerika xalqining saxiyligini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi”.
U AQSh tomoni moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar natijalaridan qoniqish hosil qilgani, biroq BMT smaradorligini oshirish, shu bilan birga, o‘z manfaatlarini himoya qilishni davom ettirishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, BMTning kelgusi ikki yil uchun budjeti salkam 5,4 milliard dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)