25-dekabr kuni Hindistonning Kashmir shtatida mamlakat harbiylari tomonidan o‘t ochilishi oqibatida Pokiston qurolli kuchlarining uch nafar askari halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Pokiston qurolli kuchlari hodisani yarashish rejimini atayin buzish deya baholamoqda.
Qayd etilishicha, 26-dekabr kuni vaziyat keskinligicha qolmoqda. Aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinmoqda.
Izoh (0)