Aydarken chegara otryadi Qirg‘izistonning Botken tumani Arpasoy hududida qirg‘iz—o‘zbek chegarasidan tovarlarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan qonunbuzarlik holatini aniqladi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining ma’lumotlariga tayanib, K-News xabar berdi.
Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, qirg‘izistonlik ayol O‘zbekistonga noqonuniy ravishda qiymati 30 ming qirg‘iz so‘miga (3,5 million o‘zbek so‘mi) teng bo‘lgan kiyim-kechaklarni olib o‘tishga uringan. Qo‘lga olingan ayolning tovarlarga tegishli hech qanday hujjati bo‘lmagan.
“Qirg‘iziston fuqarosi bojxona rejimini buzganligi uchun 3 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida jarimaga tortildi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, qo‘lga olinga ayol va kontrabanda mahsulotlari mamlakatning hududiy davlat chegara xizmati bo‘linmasiga topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)