2017-yilda 65 nafar OAV xodimi o‘z professional vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti bayonot berdi, deb xabar qiladi EADaily.
Halok bo‘lganlarning 50 nafari muxbirlardir.
Ta’kidlanishicha, joriy yilda ko‘pchilik jurnalistlar xavfli joylarda ishlashdan bosh torta boshlagan.
Suriya media xodimlari uchun eng xavfli joy bo‘lib qolmoqda. Hisobot davrida u yerda 12 jurnalist halok bo‘ldi.
Izoh (0)