New York Post Braziliyadagi musiqa festivali vaqtida qulab tushgan sahnaning videosini taqdim etdi. Noxush hodisa oqibatida o‘sha vaqtda sahnada bo‘lgan DJ Kaleb Freytash jarohat olgan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, oradan biroz vaqt o‘tgach esa Kalab vafot etgan.
Maydonchada umumiy miqdorda 5 ming odam bo‘lgan. Tashkilotchilar oldindan yomon ob-havo sharoiti haqida ogohlantirgan, biroq kuchli shamolga qaramay ular tadbirni o‘tkazishga qaror qilgan.
Izoh (0)