Polsha senati mamlakatda yakshanba kuni savdo-sotiqni taqiqlash uchun ovoz berdi. Oldinroq qonun loyihasi parlament quyi palatasi — seym tomonidan ma’qullangandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Katolik cherkovi va “Birdamlik” kasaba uyushmasi tashabbuskori bo‘lgan qonun uch bosqichda amalga oshiriladi.
2018-yil 1-martdan savdo markazlari va supermarketlarga faqat oyning birinchi va oxirgi yakshanbasida ishlashga ruxsat beriladi. 2019-yil yanvaridan boshlab oxirgi yakshanba kuni uchungina ijozat beriladi. Oxirgi bosqichda — 2020-yilda yakshanba kungi savdo butkul man etilishi lozim.
Istisno tariqasida do‘konlarga yilda to‘rt yakshanba, shuningdek, Rojdestvo va Pasxa arafasida ishlashga ruxsat beriladi.
Izoh (0)