Olimpiya chempioni Alina Kabayeva Podmoskovyedagi Novogorsk olimpiya qishloqchasida Irina Viner-Usmonovaning Gimnastika markazi tantanali ochilish marosimida qatnashdi, deb yozadi “MK.ru”.
Qator OAVlarda tadbirga “oltin” ko‘ylakda kelgan Kabayevaning qiyofasi muhokama mavzusiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Viner-Usmonova Samarqandda tug‘ilgan bo‘lib, badiiy gimnastika bo‘yicha uch karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. 1992-yildan u Moskvada yashab keladi va 2001-yildan Rossiyaning badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoasiga murabbiylik qiladi.
Uning shogirdi Alina Kabayeva esa badiiy gimnastika bilan Toshkentda shug‘ullanishni boshlagan, 1995-yildan Moskvaga ko‘chib o‘tib, sport karyerasini Irina Viner rahbarligi ostida davom ettirgan.
Izoh (0)