Britaniya shahzodasi Garri hamda amerikalik aktrisa va fotomodel Megan Marklning to‘yi 2018-yil 19-mayda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda shahzoda istiqomat qiladigan Kensington saroyi devonxonasi ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.
33 yoshli shahzoda va 36 yoshli aktrisa unashtirilgani to‘g‘risida 27-noyabr kuni e’lon qilingan edi. Bungacha ular 16 oy davomida sinashta bo‘lgan.
To‘y marosimi Vindzor qal’asidagi Avliyo Georgiy ibodatxonasida bo‘lib o‘tadi. Uning xarajatlari qirollik oilasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Megan Markl to‘ydan so‘ng Britaniya fuqaroligini olish istagida ekani aytilmoqda.
Izoh (0)