Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishini mamlakat fuqarolarining atigi 41 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. BMG The Independent nashri uchun o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”
Natijalarga ko‘ra, britaniyaliklarning 51 foizi mamlakat Yevroittifoq tarkibida bo‘lishini yoqlagan, 41 foizi esa tuzilmadan chiqishini ma’qullamoqda.
Bu referedumdan so‘ng o‘tkazilgan barcha so‘rovlar o‘rtasida eng katta katta ustunlik ekanligi bildirilmoqda.
BMG mazkur holatni asosan o‘tgan yili referendumda ovoz bermaganlar fikridagi o‘zgarish bilan izohladi. Ovoz berganlarning 10 dan 9 tasi fikrini o‘zgartirmagan.
Izoh (0)