Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandesning singlisi vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat harbiy-havo kuchlari vertolyoti 16-dekabr, shanba kuni Fransisko-Morasan departamentida quladi. Uning bortida bo‘lgan olti kishi, jumladan, Ilda Ernandes halok bo‘ldi.
Ilda Ernandes oldinroq mamlakat aloqa vaziri bo‘lgan, saylovoldi kampaniyasi davomida davlat rahbarining maslahatchisi vazifasini bajarayotgandi.
Izoh (0)