Argentina mudofaa vaziri Oskar Aguad mamlakat harbiy-dengiz kuchlari rahbari Marselo Eduardo Srurni iste’foga chiqardi. Bu haqda xabar “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bu bortida 44 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan “San-Xuan” suv osti kemasi g‘oyib bo‘lganidan bir oy o‘tib amalga oshirildi.
60 yoshli admiralning o‘rniga kim kelishi hozircha ma’lum emas. Submarina g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘liq tanglik paytida uning vazifasini harbiy-dengiz kuchlari rahbari o‘rinbosari, vitse-admiral Migel Maskolo bajaradi.
Izoh (0)