Gabon poytaxti Librevilda erkak National Geographic jurnalining ikki nafar daniyalik xodimiga pichoq bilan tashlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xodimlar kasalxonaga yetkazildi, ulardan biri og‘ir jarohatlandi. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u 53 yoshda bo‘lib, asli Nigeriyadan. Erkak hujumni AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olganiga javoban amalga oshirganini bildirgan.
Izoh (0)