Prof ringdagi faoliyatini AQShda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Xurshid Normatov ketma-ket beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Nyu-Yorkdagi BB King Blues Club & Grill arenasida u Puerto-Riko vakili Nikolas Flazga qarshi jang o‘tkazib, raqibini ochkolar farqi bo‘yicha mag‘lub etdi va professional boksdagi mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettira oldi. Aslida Flaz ham Normatovga qadar o‘zi o‘tkazgan barcha janglarda zafar quchib kelayotgandi.
Jang rejalashtirganimdan qiyinroq kechdi. Oson g‘alabaga erishaman deb, biroz boshqacha kayfiyatda ringga chiqqandim. Ochkolar bobida yaqqol ustunlik bilan zafar quchganimga qaramay, bu jang men uchun yaxshigina saboq bo‘ldi. Keyingi janglarimda bu kabi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilaman.Charm qo‘lqop ustasining so‘zlariga ko‘ra, u Harri Stark hamda Andre Roziyer bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda va janglariga ularning yordamida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni vaqtda Dibella Entertainment promouterlik kompaniyasi bilan shartnomasi bor.Xurshid Normatov, bokschi
Rejaga ko‘ra, o‘zbekistonlik Normatov navbatdagi jangini fevral yoki mart oylaridan birida o‘tkazadi va shundan so‘ng kichik ta’til olib, dam olish uchun O‘zbekistonga qaytadi. Uning ota-onasi ham ayni vaqtda AQShda bo‘lib turibdi.
Izoh (0)