13-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov O‘zbekistonga keldi. Va Shavkat Mirziyoyevga “Danaker” ordenini topshirdi. Tashrifga oid boshqa xabarlar — bu yerda.
2. Shavkat Mirziyoyev kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlarni to‘liq ro‘yxatga olish haqida ko‘rsatma berdi. Prezident “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi rahbariyatini qattiq tanqid qildi.
3. “Isroil — terrorchi davlat!”. Erdo‘g‘on Quddusni Falastin poytaxtiga aylantirishni taklif qildi. Masalan, Moskva Erdo‘g‘onning bu fikrlariga qo‘shilmasligini ma’lum qildi.
4. Xalqaro mehnat tashkiloti: O‘zbekiston paxta dalalarida bolalar mehnatiga chek qo‘yildi. Ekspertlar xulosalariga ko‘ra, majburiy mehnatga jalb qilish, ayniqsa, bolalar haqida gap ketganida, buning nomaqbul ekanligini anglash o‘smoqda.
5. Qamoqdan ozod etilgan tadbirkor Olim Sulaymonov prezidentga minnatdorchilik bildirdi. U 2017-yil martida 37 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Bonusiga: Bokschi Shohjahon Ergashev ko‘cha bezorisi emas. U qo‘li sinib ketganida ham o‘z jangida yutib chiqqandi. “Daryo”da yangi videoloyiha — Persona.
Izoh (0)