Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, 13-dekabr kuni Toshkentga keldi. O‘zA xabariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib olgan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan”, — deb yozadi O‘zA.

Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 154 kishida koronavirus qayd etildi
Dunyo
“Telegram’da kriptovalyuta savdosi va ularni saqlash vositalari bo‘ladi” — Durov
Sport
JCH—2022 da nimchorak finalning to‘rtta juftligi aniqlandi