“Daryo”da kichik loyiha ish boshlamoqda: Persona. Uning birinchi mehmoni o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev bo‘lgani yozilgandi.

Foto: “Daryo”

“Daryo”da yangi loyiha: Persona. Uning ilk mehmoni prof ringdagi 11 jangida 11 nokautga erishgan Shohjahon Ergashev

Ergashevga bag‘ishlangan qismning 1-sonida bokschi asosan 4 ta mavzuga oydinlik kiritgan:

  • Boksda o‘tkazib yuborilgan har bir zarbaning kelajakda javobi bor. Masalan, mashhur bokschi Muhammad Ali keyinchalik parkinson kasalligiga duchor bo‘lgandi. Bu xavf deyarli har bir bokschini ta’qib qiladi. Xo‘sh, Shohjahon Ergashev bundan qanchalik qo‘rqadi?
  • Prof ringdagi ketma-ket 11 jangida raqiblarini nokaut qila olgan Ergashev nima sababdan aynan boksni tanladi, boshqa sport turini emas?
  • Jangchilarning hayotda qanday ekani ko‘pchilik uchun qiziq. Aytaylik, ular ko‘cha bezorisiga aylanib qolishi ham mumkin. Ergashevda bu masala qanday?
  • Shohjahon 11 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, raqiblarini asosan 1—2-raundlarda nokautga uchratdi. Nahotki raqiblari orasida jiddiyroq kimdir bo‘lmasa? Uning o‘zi aynan kimni ko‘proq eslab qolgandi?

Davomi bor...