• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi rahbariyatini qattiq tanqid qildi

    13-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Yig‘ilishda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi rahbarlarining soha foliyatini takomillashtirishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.

    Avvalroq yer va ko‘chmas mulk kadastri ishlarini yaxshilash maqsadida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tarkibiy tuzilmasi va faoliyat yo‘nalishlari qaytadan tasdiqlangan edi.

    Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib:

    • yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash,
    • yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    • Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasini takomillashtirish va doimiy yangilab borish;
    • sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda davlat kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash, tadbirkorlik sub’ektlariga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish belgilangan edi.
    “Qo‘mita qoshida ‘Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish’ jamg‘armasi tashkil etildi. Qo‘mita rahbariyati yangilandi. Qo‘mita tizimiga qo‘shimcha 937 ta shtat birligi berildi va moddiy-texnika bazasi kuchaytirildi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

    Jumladan,“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlari tizimiga qo‘shimcha ravishda kiritilayotgan shtat birliklarini saqlash, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun joriy yilning o‘zida “Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 45 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar sarflanishi belgilangan.

    Ta’kidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qarori bilan 2016—2017-yillarda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari yalpi xatlovdan o‘tkazildi.

    Bunda, respublika bo‘yicha mavjud 8 ming 901 ta mahallalarda xatlov ishlari yakunlanib, xatlov natijasida 6 mln. 190 ming 942 ta (112 foiz) ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazildi, shundan 5,8 mln. ta turar joy obyektlari, 267 ming 963 ta noturar joy obyektlari 38 ming 373 ta dala hovli obyektlarida xatlov ishlari yakunlandi.

    Bugungi kungacha Davlat soliq qo‘mitasiga real vaqt rejimida 6 mln. 31 ming 418 ta (97 foiz) ga ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlari taqdim etildi.

    Qo‘mita tizimi idoralari tomonidan fuqarolarga hamda tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan davlat kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali 7 ta davlat xizmatlari interaktiv usulga o‘tkazildi.

    Uchuvchisiz uchish apparatini iqtisodiyotning real sektorida samarali qo‘llash orqali joylarda yer nazoratini, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishi va boshqa agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida kvadrakoptorlar olib kelindi.

    Muhokamada yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta’sirchan nazoratni ta’minlashda qo‘mita rahbariyatida tashabbus yetishmayotgaligi qattiq tanqidga olindi. Ushbu sohada hal etishni talab qiladigan ko‘plab muammolar borligi qayd etib o‘tildi.

    Jumladan, joriy yilda agrotexnik tadbirlar bajarilishi va shartnomada ko‘zda tutilgan ekinlarni to‘liq ekish ustidan tizimli monitoring o‘rnatilmagani oqibatida 833 ta fermer 13 ming gektarga paxta-g‘alla ekinlarini ekish uchun shartnoma tuzib, umuman ekmagani ko‘rsatib o‘tildi.

    Shuning uchun bosh vazir o‘rinbosari Zoir Mirzayevga yerdan samarali foydalanish, fermerlar tomonidan tuzilgan shartnomalar bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

    O‘z navbatida, yig‘ilishda davlat kadastr xizmati tomonidan 2016—2017-yillarda ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, aniqlangan hujjatsiz mol-mulkni ro‘yxatga qo‘yish ishlari ham to‘liq yakunlanmagani jiddiy ko‘rsatib o‘tildi.

    Xususan, xatlovda 1 million 100 mingta uy-joyning hujjati 15 yildan ortiq vaqt mobaynida rasmiylashtirilmagani, 145 mingta ko‘chmas mulk obyektidan 15 yildan kam muddat mobaynida hech qanday hujjatsiz foydalanib kelingani, shuningdek, noqonuniy egallangan 8,5 ming gektar yerda va muhofaza zonalarida 67 mingta obyekt qurilgani aniqlangan.

    Biroq, kadastr xizmati organlari, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu obyektlarning kadastr hujjatini tayyorlab, ular bo‘yicha mulk huquqini e’tirof etish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarda qurilgan obyektni buzish yoki ularga egalik huquqini berish ishlari to‘liq yakunlamagani qattiq ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, 15 yildan ortiq vaqt foydalanib kelingan 1,1 millionta uy-joydan 751 mingtasi yoki 68 foizi bo‘yicha kadastr hujjatlari tayyorlangani, ushbu ishlar nazoratdan chetda qolgani ta’kidlab o‘tildi.

    Shundan kelib, chiqib bosh vazir o‘rinbosari Zoir Mirzayevga, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayevga hududiy hokimliklar bilan birga kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlarni to‘liq ro‘yxatga olish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar va qurilgan uylar masalasini hal etish bo‘yicha qaror, dastur va grafik ishlab chiqib, amalga oshirish tompshirig‘i berildi.

    Sohaga axborot kommunikatsiyalarini, jumladan ko‘chmas mulk hisobini yuritish bo‘yicha “yagona axborot tizimi” joriy qilish, soliq organlari bilan kunlik axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevga xatlovga ko‘ra aniqlangan hujjatsiz uy-joy va yerlarni kadastr organlarida ro‘yxatga qo‘yish, ular bo‘yicha kadastr va soliq organlaridagi ma’lumotlar bazasi to‘liq bo‘lishi va yangilanib borishini ta’minlash uchun “Yergeodezkadastr” qo‘mitasi bilan hamkorlikda ish olib borish vazifasi yuklatildi.

    Yer va mulkni ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish zarurligiga yig‘ilishda alohida urg‘u berildi. Buni Jahon banki e’lon qilgan reytingda O‘zbekiston “mulkni ro‘yxatga olish” ko‘rsatkichi bo‘yicha 73-o‘rinda ekanligida ham ko‘rish mumkin.

    Shuning uchun, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Abdushukur Abdullayevga bir oy muddatda kadastr hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishni “yagona darcha” orqali avtomatlashgan tarzda amalga oshirish, bu borada soliq va notarius idoralari bilan ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirildi.

    Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarini va ekish ishlari nazoratini kuchaytirish maqsadida zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari “dronlar”ni xarid qilish ishlarini yakunlash, uchuvchisiz uchish apparatlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish maqsadida “Innovatsion markaz”ni tashkil etish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.

    13.12.2017, 18:14   Izoh (0)   22853
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jeenbekov — Mirziyoyevga: Siz o‘zbek—qirg‘iz chegarasini do‘stlik chegarasiga aylantirdingiz

    13.12.2017, 17:52

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Qirg‘iziston prezidentini qabul qildi

    13.12.2017, 17:44

    INVIVO klinikasi — jahon texnologiyasi Toshkentda!

    13.12.2017, 16:36

    Chirchiqda 13,5 mlrd so‘mga uchta 7 qavatli uy qurib bitkazildi

    13.12.2017, 16:01

    Qamoqdan ozod etilgan tadbirkor Olim Sulaymonov prezidentga minnatdorchilik bildirdi

    13.12.2017, 15:34

    Qirg‘iziston O‘zbekistonga vaqtincha foydalanish uchun Issiqko‘ldagi 4 ta pansionatni topshiradi

    13.12.2017, 15:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar yana tushdi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 16:18

    O‘zbekiston prezidenti va Slovakiya bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi (foto)

    O‘zbekiston | 9 iyun, 16:15

    Tramp Ukrainaga mo‘ljallangan 20 ming raketani Yaqin Sharqqa yubordi — Zelenskiy

    Dunyo | 9 iyun, 16:10

    Zig‘ir urug‘ining foydali tomonlari va uni qanday iste’mol qilish yaxshiroq?

    Layfstayl | 9 iyun, 15:55

    “Afg‘oniston boshqa davlatlarning suv resurslariga da’vo qilmaydi” — elchi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.