• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘rtasidagi muloqot kengaytirilgan tarkibda davom etdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov o‘rtasidagi muloqot ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi davom ettirildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Unda asosiy e’tibor O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, ilmiy-texnikaviy, bank-moliyaviy, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

    Savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya muhim o‘rin tutmoqda. Keyingi paytda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi yuksalmoqda.

    2017-yilning yanvar—noyabr oylarida o‘zaro savdo hajmi 56 foizdan ziyodga o‘sib, 235 million dollardan oshdi. Ammo, muzokarada ta’kidlanganidek, bu ko‘rsatkich ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlarini to‘liq aks ettirmaydi.

    Ikki tomonlama tovar ayirboshlash nomenklaturasini diversifikatsiya qilish va yaqin yillarda uning hajmini 500 million dollarga yetkazish borasida ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Tashqi savdo infratuzilmasi va eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini faol rivojlantirish, birgalikda savdo uylari ochish, biznes-forumlar va sanoat mahsulotlarining milliy ko‘rgazmalarini o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

    Iqtisodiy hamkorlik haqida so‘z borar ekan, Qirg‘iziston hududida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi texnikasi, yengil avtomobillari, avtobuslari, maxsus pritseplari va maishiy buyumlarini birgalikda yig‘ishni tashkil qilish loyihalarini amalga oshirish hamda qurilish materiallari va to‘qimachilik sanoatida qo‘shma korxonalar tuzish zarurligi qayd etildi.

    Tomonlar bu loyihalar bilan cheklanmasdan, sanoat kooperatsiyasi sohasida istiqbolli yo‘nalishlarni birgalikda topishga kelishib oldi.

    Ishbilarmonlarning tashriflarini tashkil qilish, hamkorlikning barcha sohalarida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga bundan buyon ham alohida e’tibor beriladi.

    Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistonning ikki mamlakat bosh vazirlari rahbarligida Hokimlar va chegaradosh viloyatlar ma’muriyatlari rahbarlari kengashining birinchi majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi.

    Prezidentlar qisqa muddatda jahon bozorlariga chiqish imkonini beradigan transport va tranzit yo‘laklarni rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik strategik ahamiyatga egaligini qayd etdi.

    Davlat rahbarlari “O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy” temir yo‘lining qurilishi imkon qadar tezlashtirish mintaqa mamlakatlarining tub manfaatlariga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

    2017-yil 30-oktyabr — 3-noyabr kunlari “Andijon—O‘sh—Irkishtom—Qoshg‘ar” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan tajribaviy avtopoygaga yuksak baho berildi. U mintaqadagi transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishda yana bir muhim omil bo‘ldi.

    O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu masalalarni konstruktiv tarzda yechish uchun Qo‘shma ikki tomonlama suv xo‘jaligi komissiyasini tuzish va yaqin vaqt ichida uning majlisini o‘tkazishga kelishib olindi.

    Gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilinar ekan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining urf-odatlari, madaniyati, qadriyatlari mushtarakligi ta’kidlandi.

    Davlat rahbarlarining kelishuviga binoan kelasi yil O‘zbekistonda xalqlarimiz intiqib kutgan Qirg‘iziston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, 2018 yilda ikki xalq Qirg‘izistonning atoqli adibi Chingiz Aytmatov yubileyini keng nishonlaydi.

    Shu munosabat bilan Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston Milliy universitetida zabardast qirg‘iz o‘g‘loni Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan doimiy ko‘rgazma tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

    13.12.2017, 18:55   Izoh (0)   9342
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlarni to‘liq ro‘yxatga olish haqida ko‘rsatma berdi

    13.12.2017, 18:28

    Shavkat Mirziyoyev “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi rahbariyatini qattiq tanqid qildi

    13.12.2017, 18:14

    Jeenbekov — Mirziyoyevga: Siz o‘zbek—qirg‘iz chegarasini do‘stlik chegarasiga aylantirdingiz

    13.12.2017, 17:52

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Qirg‘iziston prezidentini qabul qildi

    13.12.2017, 17:44

    INVIVO klinikasi — jahon texnologiyasi Toshkentda!

    13.12.2017, 16:36

    Chirchiqda 13,5 mlrd so‘mga uchta 7 qavatli uy qurib bitkazildi

    13.12.2017, 16:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “O‘zbekistonda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilanmoqda” — Akmal Primkulov

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:00

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    “Faoliyatim davomida hech qachon bahona qilmaganman”. Chalxono‘g‘lu – Lautaroning so‘zlariga javob berdi

    Sport | 1 iyul, 21:21

    Milliy rassomlik va dizayn institutini bitirgan mutaxassislarga maktablarda tasviriy sanʼat fanidan dars o‘tishga ruxsat beriladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:15

    Jizzaxda 40 sotix yerni 19 ming dollarga o‘zganing nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.