Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlarda sutka davomida 2 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
54 yoshli Mohir Atoulla va 30 yashar Mahmud al-Masri G‘azo sektoridagi namoyishlar chog‘ida o‘qotar quroldan o‘ldirildi. O‘q yegan yana uch nafar falastinlik og‘ir holatda ekanligi bildirilmoqda.
Asosan Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi shaharlarda ro‘y bergan to‘qnashuvlarda 1,1 ming kishi jabrlandi, jumladan, gazdan zaharlandi.
To‘qnashuvlarga AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish qarori sabab bo‘ldi. Turli davlatlarning noroziligiga qaramay, Oq Uy Tramp Quddusni rasman Isroil poytaxti deb tan olinishini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng falastinliklar norozilik namoyishlariga ko‘tarildi.
Izoh (0)