Iordan daryosining g‘arbiy sohilida falastinlik va isroillik harbiy xizmatchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Reuters

Bu AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Quddus Isroilning rasmiy poytaxti sifatida rasman tan olingach hamda Amerika elchixonasining Tel-Avivdan u yerga ko‘chirilganidan so‘ng Falastin hududida sodir bo‘lgan birinchi to‘qnashuvdir. Ko‘pchilik Falastin ko‘chalariga, birinchi navbatda, Ramalla shahri ko‘chalariga to‘plana boshladi. Ular Amerika bayroqlarini yoqib yubordi.

7-dekabr, payshanba kuni yangi intifada — falastin harakati — “XAMAS” siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya chiqish qildi. “Ertangi kun g‘azab va xalqimizning bosqinchilikka qarshi bosh ko‘targan kuni bo‘ladi, biz g‘alaba qozonishimizga va muqaddas yerlarimizni qaytarib olishimizga ishonamiz”, — dedi Xoniya.