Suriya IShID terrorchilardan to‘liq ozod qilindi. Bu haqda Rossiya bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Rossiya bosh shtabi boshlig‘iga ko‘ra, general Suxel va 5-ko‘ngilli korpus qo‘shinlari Dayr az-Zavr viloyatida jangarilarni butkul yakson qildi. Solihiya, Al-Xreyta, Al-Katya va Musalaxa aholi punktlari ozod etilganidan so‘ng ular janubdan hujum qilib kelayotgan hukumat kuchlari bilan birlashdi.
Gerasimov terrorchilarga qarshi barcha jangovar harakatlar hukumat kuchlarining har bir guruhida bo‘lgan rossiyalik harbiy maslahatchilar tomonidan rejalashtirilganini ta’kidladi.
Shuningdek, IShIDni tor-mor etishda kurd otryadlari katta hissa qo‘shdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)