• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yaman sobiq prezidenti fuqarolar urushi ishtirokchilarini yarashtirishga qaror qildi. Uch kundan so‘ng uni o‘ldirishdi

    Yaman poytaxti Sanoda 4-dekabr kuni mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulla Solih o‘ldirildi. U fuqarolar urushidagi o‘z ittifoqchisi — xusiylar deb ataladigan shia musulmonlarining jangovar tashkilotidan oshkora yuz o‘girganidan uch kun o‘tib otib tashlandi. So‘nggi uch yildan beri Solih va uning tarafdorlari Eron ko‘magida Yamanning Saudiya boshliq koalitsiya qo‘llovidagi amaldagi prezidentiga qarshi kurash olib borayotgan edi. Solih saudiyaliklarga tinchlik taklif qilib, xusiylar bilan aloqalarini uzgani hamonoq, Sanoda harbiy harakatlar boshlanib ketdi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Meduza

    Ali Abdulla Solih Yamanni 30 yildan ko‘proq boshqargan

    Solih Yaman Mutavvakillik qirolligi imom-qiroli Muhammad al-Badrni hokimiyatdan chetlatish bilan tugagan 1962-yilgi harbiy to‘ntarishda qatnashgan, bu inqilob natijasida qirollik o‘rnida Shimoliy Yaman davlati paydo bo‘lgan. Oradan 20 yil o‘tib u shu davlat rahbari bo‘ldi, so‘ng 1990-yillarda uning Janubiy Yaman bilan birlashishiga yordam bergan. Solih Yaman nomini olgan yangi davlatning prezidentiga aylanib, 2011-yilga qadar uni boshqardi. Yirik qabilalar va siyosiy kuchlarning yetakchilari bilan til topisha olgani hamda o‘nlab yillar davomida hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab tura olgani uchun, Solihni ko‘pchilik “yamanlik Makkiaveli” deb atardi.

    Solih “Arab bahori” vaqtidagi harbiy harakatlar oqibatida hokimiyatdan ketdi, biroq “nafaqaga chiqish”ni istamadi. Inqilobdan so‘ng mamlakatda xusiylar — Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlab turiladigan shialarning qurollangan guruhi ta’siri sezilarli kuchaydi. Xusiylar Yamanning alohida hududlarini to‘liq o‘z nazoratiga oldi, oqibatda 2014-yili mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Solih unda xusiylarni qo‘llab-quvvatladi, vaholanki, 2011-yilgi inqilob vaqtida aynan xusiylar Solihning iste’fosini talab qilib chiqqan edi.

    Yaman — Eron va Saudiya Arabistoni uchun poligon

    Asosan shialar istiqomat qiladigan Eron Yamandagi shialarni qo‘llab-quvvatlaydi va ularga qurol-yarog‘ yetkazib beradi. Abd-Rabbu Mansur Hodiy boshchiligidagi Yaman hukumati esa, aksincha, sunniy Saudiya Arabistoni boshliq xalqaro koalitsiya ko‘magidan foydalanadi (bu koalitsiyaga BAA, Bahrayn, Kuvayt, Misr, Iordaniya, Marokash, Senegal va Sudan kirgan). Saudiya Arabistoni Yamanga qurol yetkazib beradi, uning hududiga aviazarbalar yo‘llamoqda; shuningdek, saudiyaliklar Yamanda quruqlikdagi operatsiyalarni ham o‘tkazgan.

    Uch yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushi sabab kamida 10 ming aholi halok bo‘ldi, millionlab odamlar o‘z uy-joyini tashlab, qochishga majbur bo‘ldi, Yaman hozirda o‘z tarixidagi eng jiddiy ocharchilikni boshdan kechirmoqda.

    Yaman poytaxti Sano xusiylar nazorati ostida — Solih ham aynan shu yerda istiqomat qilib kelayotgan edi. Nizo shu darajaga borib yetdiki, xusiylar, ma’lumotlarga ko‘ra, Eron tomonidan yetkazib berilgan qurollar vositasida Saudiya Arabistoni hududiga raketa zarbalari berishni boshladi. Tehron qurol yetkazib berayotganini rad etmoqda. So‘nggi raketa zarbasi noyabr boshida Ar-Riyod aeroporti tomon berildi va Saudiya Arabistoni bu raketa AQShning “Petriot” tizimi yordamida muvaffaqiyatli tutib qolingani haqida hisobot berdi. Ta’kidlash joiz, The New York Times nashri aslida raketa aeroportning yonginasiga borib tushgani, “Petriot” esa uni urib tushira olmaganini tasdiqlovchi ma’lumotlarni keltirdi.

    Solih xusiylardan yuz o‘girdi va shuning uchun undan qasos olishdi

    Ali Abdulla Solih so‘nggi bir yildan beri xusiylar rahbariyati bilan kelisha olmayotgan edi. Xususan, xusiylar nazorati ostidagi hududlardan Markaziy bankka soliq to‘lovlari yetib kelmayotgani Solihga yoqmayotgan edi — bank byudjet xodimlariga, jumladan, xusiylar nazoratidagi hududlardagi davlat xizmatchilariga ham maosh to‘lashi kerak. Muammoli tomoni, bank Yaman hukumati nazoratida, xusiylar esa aynan shu hukumatga qarshi kurash olib borayotgandi; Solihning bunday bayonotlari xusiylar tomonidan xiyonat deb baholangan bo‘lsa-da, ular sobiq prezident bilan hamkorlikni to‘xtatmadi. Ayni vaqtda xusiylar Solih ularning ortidan Saudiya Arabistoni bilan muzokaralar olib borayotgani haqida mish-mishlar tarqatdi — keyinroq bu mish-mishlar rost bo‘lib chiqdi.

    Sano ko‘chalaridagi jangari xusiylar Solihning o‘limini tantana qilmoqda. 2017-yil, 4-dekabr.

    Sano ko‘chalaridagi jangari xusiylar Solihning o‘limini tantana qilmoqda. 2017-yil, 4-dekabr.
    Foto: Meduza

    2-dekabr kuni Ali Abdulla Solih chiqish qilib, xusiylarni tinch aholi vakillarini o‘ldirishda aybladi va ortiq ularni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi. Solih Yaman tarixidagi “sahifani qayta ochish”ni taklif qilib, nizoni tartibga solish bo‘yicha Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarga kirishishga tayyorligini e’lon qildi. Shundan so‘ng Sanoda xusiylar va Solihning qo‘riqchilari o‘rtasida janglar boshlandi. To‘qnashuvlar butun dam olish kunlari davom etdi va 4-dekabr, dushanbada jangarilar sobiq prezidentning uyigacha yetib bordi. Solih qochdi, biroq shahar chekkasida uning mashinasini portlatishdi, o‘zini esa snayper otib o‘ldirdi.

    Solihning o‘g‘li Ahmad Ali xusiylarga qarshi “so‘nggi tomchi qon qolguncha” kurashishga va otasining o‘limi uchun qasos olishga chaqirdi. Yaman hukumati xusiylardan yuz o‘girib, qurolini tashlashga rozi bo‘lgan har kimni afv etishini e’lon qildi.

    06.12.2017, 21:54   Izoh (0)   15113
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Air Baltic samolyoti Sheremetyevo aeroporti uchish-qo‘nish maydoni chetiga chiqib ketdi

    06.12.2017, 21:35

    Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishga qaror qildi. Falastinliklar bunga javoban uning suratlarini yoqmoqda

    06.12.2017, 21:16

    Donbassda 200 dan ortiq konchi elektr energiyasi uzib qo‘yilgani sababli yer ostida qolib ketdi

    06.12.2017, 20:55

    Putin 2018-yilgi Rossiya prezidenti saylovida qatnashishini e’lon qildi

    06.12.2017, 19:44

    OAV: arab koalitsiyasi Yaman poytaxti janubiga aviazarba berdi

    06.12.2017, 18:53

    Oq Uy Blackwater asoschisining MRB uchun josuslar yollash taklifini ma’qullamadi

    06.12.2017, 18:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.