• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishga qaror qildi. Falastinliklar bunga javoban uning suratlarini yoqmoqda

    AQSh prezidenti Donald Tramp 6-dekabr kuni Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olinishini e’lon qiladi. Bu — AQSh keyingi bir necha yil ichida o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishini anglatadi; shu vaqtgacha AQShning hech bir prezidenti bunga jur’at etgan emas. Trampning bu qarori dunyo bo‘ylab ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi — masalan, Falastin hududida allaqachon AQSh prezidenti suratlarini yoqishmoqda, HAMAS esa 9-dekabrni “g‘azab kuni”ga aylantirishga va’da berdi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Jahon hamjamiyati Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olmaydi. 1967-yili, Olti kunlik urush yakunlariga ko‘ra, Isroil Sharqiy Quddusni egallab olgan — falastinliklar bu hududni o‘z davlatining poytaxti deb hisoblaydi. BMT, jahonning barcha qudratli davlatlari kabi, Sharqiy Quddusni bosib olingan hudud, deb hisoblaydi. Isroil esa Quddus butunligicha isroilliklar davlati tarkibiga kirishini da’vo qilib, uni o‘z poytaxti deb ataydi. Amalda Quddus haqiqatan ham bir necha o‘n yillardan beri Isroil nazoratida. BMT Xavfsizlik kengashi, BMT Bosh assambleyasi va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar Isroildan okkupatsiyani to‘xtatishni necha bor talab qilganiga qaramay, bu talab qondirilmagan.

    Hech bir davlat Quddusga o‘z elchixonasini joylashtirmaydi. Shaharning maqomi noaniqligi sabab, Isroilning aksariyat xalqaro hamkorlari o‘z elchixonalarini Tel-Avivda ochadi — uning Isroilga tegishli ekani borasida hech kimda shubha yo‘q. Quddusda bir necha diplomatik vakolatxonalar, xususan, AQShning vakilliklari ham bor, biroq bularning bari yo konsullik, yoki bo‘lmasa Quddus va Falastin muxtoriyati uchun mo‘ljallangan missiyalardir. AQShning Quddusda to‘laqonli elchixona ochish borasidagi qarori beqiyos — chunki bu vaqtgacha elchixonalar faqat Quddusdan boshqa shaharga ko‘chirilardi, aksincha emas. Masalan, 2006-yili Kosta-Rika elchixonasi Tel-Avivga ko‘chirilgan.

    AQSh — Isroilning ko‘p yillik hamkori. 1960-yillardayoq, xususan, Olti kunlik urush vaqtida AQShni Isroil tarafida turib harbiy harakatlar olib borishda ayblashgan; AQShning har ikki asosiy partiyasi Isroilni qo‘llab-quvvatlaydi, Vashingtonda esa Isroil manfaatlari himoyasi yo‘lida ishlaydigan ko‘plab lobbistlarni uchratish mumkin. Demokratik partiya nisbatan mo‘’tadil nuqtai nazarni tanlagan: u falastinliklarning o‘zini o‘zi boshqarish va o‘z davlatini qurish huquqini tan oladi, respublikachilar esa Isroil biror-bir hududni bosib olgani haqidagi qarashlarni to‘liq rad etib, falastinliklar bilan hech qanday muzokara olib bormaslik kerak, deb hisoblaydi.

    Demokratlar hukmronligida ham, respublikachilar hokimiyat tepasida bo‘lgan vaqtda ham AQSh BMT tomonidan Isroilning u yoki bu harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyalariga veto qo‘ygan. Isroilni ochiq-oydin qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, AQSh mintaqadagi manfaatlar muvozanatini saqlashga va o‘z harakatlari bilan vaziyatni murakkablashtirmaslikka harakat qilib kelardi. Trampning qarori esa AQShning ko‘p yillik diplomatik amaliyotlariga butunlay zid.

    Falastinliklar urush bilan tahdid qilmoqda. Falastinning HAMAS guruhi rahbariyati AQShning joriy qarori munosabati bilan 9-dekabr, jumaga “g‘azab kuni” belgilanganini e’lon qildi. Guruh bayonotida qayd etilishicha, juma namozidan so‘ng Iordan daryosi G‘arbiy sohilidagi falastinliklar imkoni bor har yo‘l bilan Isroilga nisbatan o‘z munosabatini bildirmog‘i darkor. Falastin muxtoriyatining Buyuk Britaniyadagi elchisi Manul Xasasianning ta’kidlashicha, Trampning bu qarori — “diniy ziyoratgohlar Isroil hukmronligi ostida qolishidan norozi 1,5 milliard musulmon va yuz millionlab nasroniylarga qarshi urush e’lon qilishdir”.

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Trampning so‘zlariga e’tiroz bildirib, Quddusning maqomi yuzasidan AQSh prezidenti bilan gaplashishga va’da berdi. Eron ham protest bilan chiqib, “bu holatni shunchaki e’tiborsiz qoldirmasligi”ni bildirdi; norozilik bildirganlar orasida Turkiya va boshqa davlatlar ham bor.

    Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olmoqchi ekani 5-dekabr kuni ma’lum bo‘lgan edi. Ko‘p o‘tmay Isroilning ko‘plab shaharlari va G‘azo sektorida norozilik namoyishlari boshlandi, unda falastinliklar AQSh va Isroil bayroqlari, Trampning portretlarini olovga tashladi.

    06.12.2017, 21:16   Izoh (0)   19030
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Donbassda 200 dan ortiq konchi elektr energiyasi uzib qo‘yilgani sababli yer ostida qolib ketdi

    06.12.2017, 20:55

    Putin 2018-yilgi Rossiya prezidenti saylovida qatnashishini e’lon qildi

    06.12.2017, 19:44

    OAV: arab koalitsiyasi Yaman poytaxti janubiga aviazarba berdi

    06.12.2017, 18:53

    Oq Uy Blackwater asoschisining MRB uchun josuslar yollash taklifini ma’qullamadi

    06.12.2017, 18:25

    Buyuk Britaniya aktivlarining qiymati 13 trillion dollardan oshdi

    06.12.2017, 18:07

    Bangladesh 100 mingga yaqin roxinja qochqinini kimsasiz orolda joylashtirishni rejalashtirmoqda

    06.12.2017, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Balenciaga g‘ijimlangan paket ko‘rinishidagi 995 dollarlik yangi sumkani taqdim etdi (foto)

    Layfstayl | 14 avgust, 21:55

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 21:45

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02

    Buni eshitish og‘riqli: baxtsiz bolalar aytadigan 7 ibora

    Maslahatlar | 14 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.