Kiyev nazoratidagi Donetsk viloyatidagi Kuraxovskaya konida 200 dan ortiq konchi elektr energiyasi uzib qo‘yilgani sababli yer ostida qoldi. Bu haqda Ukraina konchilar mustaqil kasaba uyushmasi raisi Mixail Volinets ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“6-dekabr, chorshanba kuni tuman elektr tarmoqlari tashkiloti ‘Kuraxovskaya’ konida elektr energiyasini o‘chirib qo‘ydi. Yer ostida 220 kishi qoldi, ular zaxira chiqish yo‘llari orqali yuzaga chiqishga urinmoqda. Buning uchun 4 kilometr yo‘l bosishlariga to‘g‘ri keladi”, — dedi Volinets.
Ukraina konchilar kasaba uyushmasi konda elektr ta’minoti tiklanishi uchun zarur choralar ko‘rayotgani bildirildi.
Izoh (0)