Time jurnali yil odami sifatida tegajoqliklar haqida ochiq ma’lum qiluvchilar — “jimlikni buzuvchilar”ni tanladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Jurnalning muqovasida aktrisa Eshli Jadd, xonanda Teylor Svift, Uber’ning sobiq muhandisi Syuzen Fouler, shuningdek, faol Adama Ivu va meva teruvchi Izabel Paskual tasvirlangan. Shu bilan birga, ro‘yxatga aktrisa Alissa Milano, rejissor Bleyz Kodbe Libman, aktyor Terri Kryuz, aktrisa Rouz Makgouen va qurbonlarning yig‘ilgan obrazi hisoblangan noma’lum kishi kirgan.
Yil odami Time muharriri tomonidan tanlanadi. Bu unvon yil davomida yangiliklar oqimiga ko‘proq ta’sir ko’rsatgan kishi yoki odamlar guruhiga beriladi.
Izoh (0)