Oq Uy Blackwater xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Erik Prinsning xususiy josuslik tarmog‘ini shakllantirish va undan Markaziy razvedka boshqarmasi uchun foydalanish taklifini ma’qullamaydi. Bu haqda AQSh prezidenti milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Maykl Enton ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Undan The Intercept nashrining Blackwater asoschisi taklifi haqidagi maqolasiga izoh berish so‘raldi.
“Oq Uy bunday takliflarni shu paytgacha yoqlamagan va bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu taklifga Milliy xavfsizlik kengashi yoki Oq Uyda kimdir e’tibor qaratganini bilmayman”, — dedi Enton.
MRB vakillari CNN telekanalining maqola haqidagi savoliga “Sizlarga o‘ta noaniq ma’lumot taqdim etilgan. Buni o‘z maqsadlarini ko‘zlayotgan shaxslar amalga oshirgan bo‘lishi mumkin”, deb javob qaytardi.
Izoh (0)