AQSh prezidenti Donald Tramp Reks Tillerson Davlat kotibi lavozimidan iste’foga chiqarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.
“Reks Tillersonni ishdan bo‘shatganim yoki u yaqin orada iste’foga chiqishi haqida og‘iz ko‘pirtirayotgan OAVlar feyk yangiliklar tarqatmoqda. U ketmayapti. Garchi ayrim masalalarda gapimiz bir joydan chiqmasa ham, birgalikda yaxshi ishlayapmiz. Amerikani yana hurmat qilishmoqda!” — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Oldinroq New York Times Oq uy ma’muriyatidagi manbalariga tayanib, Reks Tillerson bir necha hafta ichida iste’foga chiqishi, uning o‘rnini esa Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo egallashini bildirgandi.
Izoh (0)