Gondurasda 26-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalari e’lon qilinmagani bilan bog‘liq norozilik namoyishlari davomida kamida bir kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oliy saylov sudi ma’lumotlariga ko‘ra, byulletenlarning 94,33 foizi o‘rganib chiqilganidan so‘ng amaldagi prezident Xuan Orlando Ernandes 42,92 foiz ovoz bilan yetakchilik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Uning raqibi, muxolifat vakili Salvador Nasralla hozircha 41,42 foiz ovozga ega. G‘alaba qozonish uchun nomzodga ko‘pchilik ovoz to‘plash kifoya qiladi.
Muxolifat namoyishlari davomida La-Seyba shahrida bir kishi o‘ldirildi. Poytaxt Tegusigalpada 10 kishi yaralandi. Jarohatlanganlar orasida 12 politsiyachi va harbiy bor.
Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, biroq bu banklar, savdo markazlari va avtomobillarni talon-taroj qilayotgan tartibsizliklar ishtirokchilarini to‘xtatmayapti.
Izoh (0)