Afg‘onistonning ShHTga kirishi imkoniyatini ko‘rib chiqishda mamlakatdagi muammolarni hisobga olish zarur. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Afg‘oniston qiyin vaziyatda ekanligi, o‘ta murakkab siyosiy omillar ta’sir ko‘rsatishi, terrorchilikka qarshi kurashayotganini tushunamiz. Biz va boshqa qator davlatlar buni yengish uchun Afg‘onistonga tegishli yordam ko‘rsatyapmiz”, — dedi Medvedev mamlakatning ShHTga qabul qilinishi istiqbollari haqidagi savolga javoban.
Medvedevga ko‘ra, Afg‘onistonni tashkilotga a’zoligi to‘g‘risida qaror qabul qilishda joriy ichki siyosiy vaziyatni ham inobatga olish zarur.
Shuningdek, xalqaro tuzilmada ShHT — Afg‘oniston formati doirasida bevosita mazkur masalalar bilan shug‘ullanadigan tizim belgilanganini ma’lum qildi.
Izoh (0)