Joriy yil eng issiq yillar qatoridan o‘rin oladi. Bu haqda Rossiya gidrometeologiya markazi direktori Roman Vilfand ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Oxirgi 9 oy mobaynida 2017-yil eng issiq yillar safida uchinchi o‘rinda bo‘lib turibdi. 2016-yil sayyoramizdagi eng haroratli yil bo‘lgandi. 2015-yil esa ikkinchi o‘rinda”, — dedi Vilfand.
Rossiya gidrometeologiya markazi direktoriga ko‘ra, “bunday tendensiya global isish faraz emas, aniq-tiniq fakt” ekanligidan dalolat bermoqda.
Izoh (0)