Parijning 15-okrugida sayyor sirkdan yo‘lbars qochib ketdi. Bu haqda Le Figaro gazetasiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Yirtqichni qidirish ishlariga qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va qurolli politsiyachilar yo‘naltirilgan. Guvohlar yo‘lbars tramvay yo‘li bo‘ylab harakatlanganini aytgach, marshrutlardan birining harakati to‘xtatilgan.
Keyinroq politsiya yo‘lbars o‘z egasi tomonidan 15-okrugdagi Garilyano ko‘prigi hududida otib tashlanganini ma’lum qildi. Hozirda politsiya noxush hodisa yuzasidan tergovni boshlagan.
Izoh (0)