Luiziana shtatidan bo‘lgan hasharotlar qiruvchisi Jud Verrett Patterson shahridagi arilar tomonidan egallangan omborga “yordamga” chaqirildi, deb xabar beradi National Geographic.
Xavfli holatlarda ushbu hasharotlar butun uyani harakatga keltirib, birgalikda dushmanga qarshi hujum qilishga qodir. Ularning chaqishi og‘riqli, ba’zilarini esa hatto zaharli ham. Bundan tashqari, ayrim holatlarda ularning chaqishi oqibatida allergiya reaksiyalari paydo bo‘lishi, bu esa o‘limga olib kelishi mumkin.
Jud Verrett o‘zining professional faoliyati davomida arilarning ko‘plab uyasini yo‘q qilgan. Biroq Pattersondagi arilar uyasi uni hayratga soldi: Verrett uyani “barcha inlarning bobosi” deb atab, uni “ulkan muzlatgichga” tenglashtirdi.
Jud arilar iniga insektitsidlar yordamida ishlov berib, uning qismlarini o‘tloqqa yoyib chiqdi. Paydo bo‘lgan manzara “bog‘ yo‘lakchasini” yodga soladi.
Izoh (0)