Rossiya tarkibidagi Yoqutiston Respublikasining Oymyakon qishlog‘ida 23-noyabr kuni ertalab termometrlar -50 daraja haroratni ko‘rsatdi. Ammo qishloq ta’lim boshqarmasi nizomiga ko‘ra, maktabdagi darslar bekor qilinmadi, deb yozadi TJournal.
“Bizda -52 daraja haroratda 1—5-sinflar uchun darslar bekor qilinadi. Bugun ertalab harorat -50 edi, hamma bolalar darsda qatnashmoqda”, — deyishdi qishloq ma’muriyatida.
Ta’kidlanishicha, bunday harorat qayd etilgan taqdirda, Yakutskdagi maktablarda o‘qish to‘liq bekor qilingan bo‘lardi.
Oymyakon sayyoradagi eng sovuq joylardan biri hamda doimiy aholi yashaydigan eng sovuq aholi punkti hisoblanadi.
Izoh (0)