Rossiya “Tolibon” harakati bilan aloqalaridan mazkur guruhni muzokaralar stoliga atrofiga o‘tqazish uchun foydalanishi lozim. Bu haqda mamlakat prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Atmar ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Rossiya mintaqada muhim rol o‘ynaydi. Agar sizlarda ‘Tolibon’ bilan aloqalar bo‘lsa, marhamat, tinchlik muzokaralarini ilgari surish uchun foydalaning. Ularga muzokaralarni boshlashi uchun bosim o‘tkazish kerak”, — dedi Atmar.
Shuningdek, Afg‘oniston prezidenti maslahatchisi mamlakat Rossiyaning Mi-17 vertolyotlaridan to‘liq voz kechishini rad etdi. Muhammad Atmarga ko‘ra, mamlakatda ham Rossiya, ham AQSh harbiy texnikasidan foydalaniladi.
Izoh (0)